Bugun, 25 avgust kuni O‘zbekiston Superligasining 19-turi doirasida «Andijon» o‘z maydonida «Xorazm»ni qabul qiladi. Uchrashuv soat 19:00 da «Bobur Arena»da boshlanadi.

Jamoalar shu kunga qadar o‘zaro 19 marta to‘qnash kelgan. Ushbu bahslarning 11 tasida «Andijon» g‘alaba qozongan bo‘lsa, «Xorazm» 4 marta zafar quchgan. Yana 4 ta uchrashuvda durang qayd etilgan.

To‘plar nisbatida ham andijonliklarning ustunligi yaqqol: «Andijon» raqib darvozasiga 40 ta gol urgan, «Xorazm» esa 19 ta gol bilan javob qaytargan.

Qarama-qarshilik tarixida «Andijon»ning eng yirik g‘alabasi 7:1 hisobida qayd etilgan. «Xorazm»ning eng yirik g‘alabasi esa 2:0 hisobini tashkil qiladi.

Joriy mavsumning birinchi davrasidagi uchrashuvda ham «Andijon» ustun kelgan — «burgutlar» raqibini 3:0 hisobida mag‘lub etgan.

Demak, o‘zaro o‘yinlar tarixi «Andijon» tomonida. Bugun «Xorazm» ushbu statistikani yaxshilay oladimi yoki andijonliklar raqibga qarshi muvaffaqiyatli seriyasini davom ettiradimi?

Manba: Stadion.uz