«Liverpul» va «Sevilya» klublarining sobiq himoyachisi Alberto Moreno faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi. 34 yoshli futbolchining yangi jamoasi «Malyorka» bo‘ldi.

Klub matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Moreno «Malyorka» safiga erkin agent sifatida qo‘shildi. Tajribali ispaniyalik futbolchi Segunda vakili bilan kelasi yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan qisqa muddatli shartnoma imzoladi. Bitimda hamkorlikni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.

Moreno so‘nggi ikki yil davomida Italiya A Seriyasida to‘p tepdi. Ispaniyalik himoyachi «Komo» sharafini himoya qildi.

Segundada ikki turdan so‘ng «Malyorka» turnir jadvalida 12-o‘rinni egallab turibdi.

Manba: Stadion.uz