"Men bu mavzuda gapirishni xohlamayman. Hammasi bir narsaga borib taqaladi: yoki Xulian, yoki yangi hujumchisiz o'ynaymiz. Menga klubdagi vaziyat ma'lum: juda yaxshi transferlar amalga oshirildi. Klub kelajak haqida o'ylashi kerak, men esa murabbiy sifatida yanada ko'prog'ini xohlayman. Men o'z jamoamga to'liq ishonaman va biz echimlar topishimiz kerak bo'ladi. Futbolchilarning saviyasi juda yuqori. Deku ajoyib ishni amalga oshirmoqda. Biz kelajakka - hozir va yaqin uch-besh yil istiqbolida nima eng yaxshi bo'lishiga qaramoqdamiz. Biz klub uchun barqarorlikni xohlaymiz", – deya Flikning so'zlarini keltirmoqda Marca.
Takidlash joizki, Alvaresning "Barselona"ga o'tishga bo'lgan qiziqishi fonida uning atrofidagi vaziyat murakkabligicha qolmoqda: futbolchi yoz davomida transfer imkoniyatini ko'rib chiqmoqda, ammo "Atletiko" rahbariyati o'yinchini qo'yib yuborishni rejalashtirmayapti. Ispaniya chempionatining 1-turida "Atletiko" "Vilyarreal" bilan durang o'ynaganida (2:2), "matraschilar" muxlislari Alvaresni norozi hayqiriqlar va xushtakbozlik bilan kutib olishdi. Xulian ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushgan edi.
Fikrlar 0