"Biz ushbu futbolchiga juda qiziqmoqdamiz va taklifimiz qabul qilinishini xohlagan bo'lar edik. Buni "Atletiko"ga bo'lgan to'liq hurmat bilan amalga oshirmoqdamiz va ularning bilishini istaymizki: agar ularda ushbu yozgi transfer oynasida futbolchini sotish imkoniyati bo'lsa, taklifimizni qabul qilishlari sharti bilan uni sotib olishga tayyormiz.
Avvalambor shuni aytmoqchimanki, biz "Atletiko" va uning rahbariyatiga katta hurmat bilan qaraymiz. Bir-birimizni ko'p yillardan beri bilamiz. Hammasi qanday yuz berganini tushuntirib bermoqchiman.
Biz klubga taklif bilan chiqdik. Men ushbu taklifni Migel Anxel Xil bilan telefon orqali shaxsiy suhbatda tasdiqladim. Ular menga Xulianning o'rniga boshqa o'yinchilari yo'qligi sababli futbolchini sotmoqchi emasliklarini aytishdi. Men esa qiziqish bildirayotganimizni, lekin ularning sotmaslik haqidagi qarorini hurmat qilishimizni, biroq ushbu transfer oynasida o'rinbosar topishsa, transferga tayyor ekanimizni bildirdim.
Shundan so'ng Deku bilan ular futbolchini sotmayotgan ekan, bu masalani keyinga surishga qaror qildik. Keyin nima bo'ldi? Biz "Atletiko" futbolchining transferi bo'yicha boshqa klublar bilan muzokara olib borayotgani haqida ma'lumot oldik.
Biz hali ham taklif berishga tayyormiz, chunki futbolchining "Barsa"ga o'tishni xohlayotgani hammaga ma'lum. Bu vaziyat ko'p shov-shuvga sabab bo'ldi, ammo "Barsa"ning bunga aloqasi yo'q. Biz Enrike Sereso bilan gaplashdik, so'ng u o'zi fikr bildirdi. Men uni juda hurmat qilaman va aytmoqchimanki, "Barsa" munosib harakat qildi. Biz boshqa klublar bilan qanday yo'l tutgan bo'lsak, bu yerda ham shunday yo'l tutdik.
Taklifimiz hali ham o'z kuchida va "Atletiko" futbolchini sotishni istab qolgan taqdirda amalda bo'lib qolaveradi", - deydi Laportaning so'zlarini "AS" nashri.
Fikrlar 0