Bratislava klubi Chempionlar ligasi saralash pley-off bosqichida Sloveniyaning "Cele" klubini ikki o'yin natijasiga ko'ra 3:2 hisobida mag'lub etdi.

Birinchi uchrashuv 1:1 hisobida yakunlangan bo'lsa, javob bahsida "Slovan" 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Hal qiluvchi gol qo'shimcha vaqtda kiritildi.

Uchrashuvdan so'ng "Slovan" g'alabadan keyingi kiyinish xonasidan video e'lon qildi. Unda futbolchilar Yaya Turening nomini hayqirib olqishlagan, murabbiy esa jamoa bilan birga raqsga tushgan.

43 yoshli mutaxassis 2026 yil yozida "Slovan" boshqaruvini qo'liga olgan va bu uning bosh murabbiylik faoliyatidagi ilk jamoasi bo'ldi.