- "Oltin to'p" uchun poygani kuzatib boryapsizmi?

- Bu mening ishim emas. Shundoq ham etarlicha murakkab ishim bor. Jamoamda juda yaxshi futbolchilar bor, biroq men bunday narsalarning muxlisi emasman. Eng muhimi - bu jamoa, agar biz yaxshi o'ynasak, yakka tartibdagi sovrinlarni qo'lga kiritish imkoniyati ham yuqori bo'ladi.

- Tarkib barcha sovrinlar, shu jumladan, Chempionlar Ligasi uchun kurashishga tayyormi?

- Hozir yaxshi o'ynayapmiz va ajoyib formadamiz, lekin eng muhimi - aynan yagona jamoa sifatida qanday harakat qilayotganimiz. Agar futbolchilar o'rtasida o'zaro bog'liqlik bo'lsa va jamoada yaxshi muhit hukm sursa, bu juda yaxshi. Hozir muhit ajoyib va biz bu ishchan kayfiyatni saqlab qolishimiz kerak.