Bahs "Spotifay Kamp Nou" stadionida (Barselona, Ispaniya) bo'lib o'tdi. Uchrashuvda Fransisko Xose Ernandes Maeso bosh hakam sifatida ishladi. Uchrashuvda 5:2 hisobidagi g'alabani mezbon jamoa futbolchilari nishonlashdi.
O'yindagi ilk golni 12-daqiqada "Rayo Valekano" hujumchisi Serxio Kamelo urdi. 19-daqiqada "Barselona" hujumchisi Rafinya hisobni tenglashtirdi, ikki daqiqa o'tib esa vinger Lamin Yamal "ko'k-anorranglilar"ni oldinga olib chiqdi. "Rayo Valekano" himoyachisi Floryan Lejyon 51-daqiqada o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi. 59-daqiqada Serxio Kamelo dubl qayd etdi. 71-daqiqada Rafinya ham o'z dublini rasmiylashtirdi. 90-daqiqada Lamin Yamal ham ushbu uchrashuvdagi ikkinchi golini urib, yakuniy hisobni o'rnatdi - 5:2.
“Barselona” - “Rayo Valekano” 5:2
Gollar: Rafinya 19, 71, Yamal 21, 90, Lejen 51 (avtogol), - Kamelo 12, 59.
Jamoalarning boshlang'ich tarkiblari:
"Barselona": Joan Garsiya, Kubarsi, Kunde, Kristensen, Pedri, Olmo, Espart, Bernal, Gordon, Rafinya, Yamal.
"Rayo Valekano": Kardenas, Lejyon, Vertroud, Siss, Lopes, de Frutos, Kamelo, Garsiya, Baliu, Martin, Buare.
Ispaniya chempionatidagi uchta o'yindan so'ng "Barselona" to'qqiz ochko jamg'arib, turnir jadvalini boshqarib oldi. Madridning "Real" klubi ham to'qqiz ochko jamg'argan, ammo to'plar nisbatiga ko'ra "ko'k-anorranglilar"dan ortda qolmoqda. "Rayo Valekano" bir ochko ishlab olgan va 18-pog'onada joylashgan.
Fikrlar 0