Bu voqea Ispaniya La Ligasining 3-turidan o'rin olgan, kataloniyaliklar "Rayo Valekano"ni 5:2 hisobida mag'lub etgan o'yinda yuz berdi.

Dubl muallifiga aylangan Lamin klubning afsonaviy sobiq hujumchisi Xosep Eskolaga tegishli bo'lgan va 91 yil davomida saqlanib kelgan rekordni yangiladi. Eskola 1935 yilda 20 yosh va 356 kunligida ko'k-anorranglilar safida 50 ta gol marrasiga etgan edi. O'shandan beri ushbu natijaga faqat argentinalik Lionel Messi eng yaqin kelgan, biroq u 50 ta gol marrasini 21 yosh va 120 kunligida zabt etgan. Rekord o'rnatilgan paytda Yamal 19 yosh 49 kunlik edi.

Ispaniya chempionatidagi uchta o'yindan so'ng "Barselona" to'qqiz ochko jamg'arib, turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi.