"Birinchi bo'limda biz fantastik o'ynadik. O'tkazib yuborilgan golga yaxshi munosabat bildirdik - bunday narsalar bo'lib turadi. O'z uyimizda o'yinni yaxshiroq nazorat qilishimiz kerak. To'pga ko'proq egalik qilish lozim. Bu bizning mentalitetimiz. Bazi futbolchilarimiz oldinga intilishni va hujum qilishni xohlashadi, ammo bazida o'yinni sekinlashtirish zarur.

Eng muhimi - uch ochko. Biz mavsumni yaxshi boshladik.

Rodri muayyan daqiqalarda o'yinni nazoratda ushlab turish uchun shu yerda. U yanada o'sishi kerak, chunki u biz bilan shunchaki bir necha kundan beri birga.

Ko'proq nazorat kerak, chunki raqib juda yaxshi shakllangan, u yerda bo'sh hududlarni topa oladigan futbolchilar ko'p va ular standart vaziyatlarda ham kuchli", - dedi "Barselona" bosh murabbiyi.