“Ko'k-anorranglilar”ning umumiy bosqichdagi raqiblari "Feyenoord", "Galatasaroy", PSJ, "Aston Villa", "Saboh", "Manchester Siti", "Sporting" va "Komo" bo'ldi.
"Menimcha, so'nggi ikki mavsumda biz Chempionlar Ligasini yutishga qodir ekanimizni ko'rsatdik. Jamoa ichidagi va atrofidagi muhitni ko'rib turibman - hamma barcha musobaqalarda g'olib bo'lish uchun etarlicha kuchli ekanimizga ishonmoqda. Maqsad sari qadamma-qadam borishimiz kerak", – dedi Kristensen.
Kataloniyaliklar La Ligada dastlabki uchta o'yinda uchta g'alaba bilan start olishdi. Dushanba kuni "Rayo Valekano" yirik hisobda mag'lub etildi (5:2).
Chempionlar Ligasining o'tgan mavsumida Xans-Diter Flik shogirdlari 1/4 finalgacha yetib borib, "Atletiko"ga imkoniyatni boy berishgan edi.
Fikrlar 0