"Men hamisha hujumda uch yoki to'rtta poziciyada o'ynaganman. Murabbiy bilan taktika haqida hali gaplashganim yo'q, o'ylashimcha, buni shu haftada qilaman. Ammo men bu yerda jamoaga yordam berish uchunman.

Men hujumchiman, ammo o'z faoliyatimning 30-40 foizini qanotda o'tkazganman. Futbol o'ynashni qanotda boshlaganman. U yerda o'ynay olaman. Menda ushbu sifatlar bor. Jamoani yanada yaxshilash uchun kelganim yo'q, chunki bu yerda shundoq ham dahshatli futbolchilar bor, ular juda yaxshi. Hujumchilar ham, vingerlar ham - men ulardan biri bo'lishim kerak", – dedi Jezus.