Ispaniya chempionatining "Valensiya"ga qarshi o'yinida (5:0) Rodri 62-daqiqada almashtirildi.

"U bizning jamoamizda ekanligidan xursandmiz. Maydonda to'p bilan qilayotgan har bir harakati mantiqqa ega ekani ko'rinib turibdi. Bu jamoaga to'p bilan hujumda ham, to'psiz harakatda ham aniq tuzilma beradi. Lekin Bernal ham ajoyib harakat qilmoqda. Bu uning uchun juda yaxshi vaziyat. Agar u bu imkoniyatdan to'g'ri foydalansa, o'sishda davom etib, borgan sari kuchayib boradi.
Biz bu transfyerdan aynan shuni kutgandik. Rodri - aql bovar qilmas darajada zo'r. Faqat maydonda emas, kiyinish xonasida ham - haqiqiy mutlaq yetakchi. U tarkibimizda ekanligi juda yaxshi bo'ldi”, – dedi germaniyalik mutaxassis matbuot anjumanida.
30 yoshli ispaniyalik Rodri avgustda "Barselona"ga o'tgandi. Uning shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha mo'ljallangan.
Fikrlar 0