"Chuqur qayg'u, shuningdek, ulkan faxr va muhabbat bilan mening go'zal rafiqam, sevimli onamiz va buvijonimiz bilan vidolashamiz ♥️.

Bartina Kuman-Boddeveld. 30.01.1961 – 15.09.2026. Kumanlar oilasi", - deb yozdi Niderlandiya terma jamoasining sobiq murabbiyi oila a'zolari nomidan.

De Telegraaf xabariga ko'ra, Bartina ko'krak bezi saratoni bilan kurashib kelgan. Unga bu tashxis 2010 yilda qo'yilgan edi.

Ronald va Bartina 1985 yilda turmush qurishgan bo'lib, ularning uch nafar farzandi (shu jumladan Eredivizining Telstar klubi darvozaboni Ronald Kuman-kichik) hamda beshta nevarasi bor.