Barselonadagi "Spotifay Kamp Nou" stadionida kechgan bahsda mezbonlar 7:2 hisobida yirik g'alabani qo'lga kiritishdi. Uchrashuvda Xose Munuera Montero bosh hakam sifatida ishladi.
8-daqiqada "Barselona" himoyachisi Joau Kanselu hisobni ochdi. 25-daqiqada forvard Rafinya penaltini aniq amalga oshirib, "ko'k-anorranglilar"ning ustunligini oshirdi. Oradan besh daqiqa o'tib, "Rasing" yarim himoyachisi Magett Geye javob to'pini kiritdi. 36-daqiqada mehmonlar hujumchisi Aser Vilyalibre o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi. 42-daqiqada Rafinya o'yindagi ikkinchi golini urdi. 65-daqiqada forvard Yassir Zabiri "Barselona" darvozasiga jamoasining ikkinchi to'pini kiritdi. Ikki daqiqa o'tib, Rafinya yana bir penaltidan unumli foydalanib, xet-trikni rasmiylashtirdi. 79-daqiqada kataloniyaliklar hujumchisi Gabriel Jezus mehmonlar darvozasiga olinchi golni urgan bo'lsa, 89-daqiqada vinger Lamin Yamal o'yinga yakuniy nuqtani qo'ydi - 7:2.
"Barselona" - "Rasing" 7:2
Gollar: Kanselu 8, Rafinya 25 (pen.), Vilyalibre 36 (avtogol), Rafinya 42, Rafinya 67 (pen.), Jezus 79, Yamal 89 - Geye 30, Zabiri 65.
Ispaniya chempionatida oltita o'yin o'tkazgan "Barselona" 18 ochko to'plab, turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi. "Rasing" esa 7 ochko bilan 12-pog'onadan joy olgan.
Fikrlar 0