Berlin klubi tomonidan post e'lon qilingan vaqtda "qizillar" 7:0 hisobida oldinda borayotgan edi.
"Barselona"ning bu 19 yoshli to'polonchisi shunchaki jim tura olmasmidi? Keyn va Olise bugun haqiqatan ham “yonmoqda” va "Oltin to'p"ga haqiqiy da'vogar ekanliklarini isbotlashmoqda", - deyiladi xabarda.
"Union" bilan uchrashuvda "Bavariya" forvardi Garri Keyn dubl qayd etdi, vinger Maykl Olise esa xet-trik muallifiga aylandi.
Avvalroq Yamal intervyusida "Oltin to'p"ni mavsumda 80 ta gol urgan yoki Chempionlar ligasida g'olib chiqqan futbolchi olishi shart emasligini aytgan edi. Keyn 2025/2026 yilgi mavsum uchun "Oltin butsa"ni qo'lga kiritgan. Angliyalik hujumchi Bundesliganing 31 ta o'yinida 36 ta gol urgan.
Fikrlar 0