O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, klub 1,06 mlrd evro miqdorida rekord daromad olib, o'z tarixida ilk bor 1 milliardlik ko'rsatkichdan o'tdi. Sport sohasidagi xarajatlar operativ daromadning 53 foizini tashkil etdi (taqqoslash uchun, 2020/21 yilgi mavsumda bu ko'rsatkich 98 foiz edi).

Bundan tashqari, "Barselona" 2026/27 yilgi mavsum uchun 1,195 mlrd evro miqdorida yangi rekord byudjet belgiladi. Klub butun mavsum davomida "Kamp Nou"ga qaytishi evaziga qo'shimcha 60 mln evro atrofida daromad olishni rejalashtirmoqda.

Xarajatlar 111 mln evroga oshishi kutilayotgan bo'lsa-da, klub mavsumni 1 mln evro sof foyda bilan yakunlashni maqsad qilgan.

Moliyaviy hisobot Assambleya a'zolarining 88% ovozi bilan maqullandi.