Avvalroq Peres "Barselona"ni hakamlarni sotib olishda ayblab, kataloniyaliklar "qaymoqranglilar"dan ko'plab sovrinlarni o'g'irlaganini takidlagandi.
Tuhmat bo'yicha davo yuzasidan sud majlisi 25 noyabr kuni bo'lib o'tadi. "Barselona" Peresdan o'z so'zlaridan qaytishini va raddiya bilan chiqish qilishini talab qilmoqda. Agar bu sodir bo'lmasa, Kataloniya klubi sud jarayonini davom ettirish niyatida.
"Barselona" 21 ochko jamg'arib, Ispaniya chempionati turnir jadvalida 1-o'rinni egallab turibdi. "Real" (15 ochko) esa 4-pog'onada bormoqda.
Fikrlar 0