Funkcioner poytaxt jamoasining harakatlari sababli ayni damda klublar o'rtasidagi aloqalar butunlay to'xtatilganini tan oldi.
"Real" har bir bayonotida "Barselona"ga hujum qilmoqda. Biz faktlarning buzib ko'rsatilishiga chiday olmaymiz. Vaziyat tuzalishiga va masala hal bo'lishiga umid qilaman. Madrid klubi bilan munosabatlar uzilganidan xabaringiz bor, ular "Negreyra ishi"ga aralashishdi. Bizningcha, ular buni faqat jarayonni paysalga solish, o'z telekanalining tahririyat siyosatini va avvaldan tayyorlab qo'ygan narrativini oqlash uchun qilishdi. Kelishmovchiliklarning asli mohiyati shunda, hozircha o'rtamizda hech qanday munosabat yo'q", - deydi Laportaning so'zlarini X ijtimoiy tarmog'idagi "De Marke Sports" sahifasi.
Fikrlar 0