Madridning "Real" klubi Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqidan (UEFA) "Barselona" va Hakamlar texnik qo'mitasi (CTA) sobiq vice-prezidenti Xose Mariya Negreyra o'rtasidagi aloqalar bo'yicha ish yuzasidan imkon qadar tezroq qaror qabul qilishni so'ramoqda. Bu "qirollik klubi" tomonidan tashkilotga ushbu ish bo'yicha hajmdor hisobot topshirilgani bilan bog'liq. Bu haqda OK Diario nashriga tayanib Mundo Deportivo xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga ko'ra, "Real" ishni oxirigacha etkazish qarorida qatiy va u hal bo'lmaguncha bosim o'tkazishda davom etmoqchi. O'z navbatida, UEFA allaqachon "qirollik klubi"ni ushbu masalada bosiqlik va sabr-toqatni saqlashga chaqirgan.

1 oktyabr kuni "Real" Negreyra ishi bo'yicha hujjatlarni UEFAga topshirganini rasman tasdiqladi.