Messining terma jamoa bilan xayrlashuviga bag'ishlab e'lon qilingan murojaatida Neymar sobiq jamoadoshining futbolga ko'rsatgan ta’sirini alohida qayd etdi va birgalikda to'p tepgan yillari uchun unga minnatdorlik bildirdi. Braziliyalik futbolchi argentinalikning faoliyatini nafaqat jamoadosh va raqib sifatida, balki Messining betakror o'yini tufayli futbolni yanada qattiqroq sevib qolgan bir inson sifatida kuzatib borganini ta'kidladi.

"Butun dunyo sendan minnatdor", – deya Neymarning so'zlarini keltiradi “Sky Sport Germany”.

Shuningdek, Messi bilan yonma-yon maydonda to'p tepish u uchun ulkan sharaf bo'lganini aytji

Messi 6 oktyabr kuni Argentina terma jamoasi safidagi so'nggi bahsini o'tkazdi. Buenos-Ayresda Beninga qarshi kechgan o'rtoqlik uchrashuvida argentinaliklar 3:0 hisobida g'alaba qozondi. 39 yoshli forvard penaltidan gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Messi milliy jamoadagi faoliyatini 208 ta o'yin va 126 ta gol bilan yakunladi. Neymar "Barselona" va PSJ jamoalarida u bilan birga o'ynagan.