Bu haqda kataloniyaliklar klubi matbuot xizmati xabar berdi.

19 yoshli ispaniyalik futbolchi "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 8 yoshidan beri kataloniyaliklar tizimida to'p tepib kelmoqda. Himoyachi asosiy jamoa safida 2026 yil 10 mart kuni Chempionlar Ligasi doirasida "Nyukasl"ga qarshi bahsda debyut qilgan edi.
Espart "Barselona" tarkibida jami 11 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 25 million evroga baholamoqda.
Fikrlar 0