"Bugun birinchi golni koldan kelganicha ertaroq urish juda muhim edi. Bu bizga ishonch bag'ishladi, chunki bir necha haftalik tanaffusdan so'ng bu odatda oson kechmaydi. Ammo "Xetafe" juda yaxshi himoyalanadigan jamoa bo'lishiga qaramay, ajoyib o'yin o'tkazdik. Ular ligada himoyalanish bo'yicha eng yaxshilardan biri hisoblanadi. Biz ham yuqori darajada himoyalandik. O'yinni nazorat qilishga erishdik.

Barcha futbolchilar o'z darajasida bo'lishi juda muhim. Bazi poziciyalarda bizda oliy darajadagi uchtadan futbolchi bor. Jamoada ajoyib muhit hukm surmoqda, har bir kishi jamoa uchun o'ynamoqda. Oxir-oqibat, hamma gap jamoa va klubda", - deydi Flikning so'zlarini Marca nashri.

Ispaniya chempionatidagi sakkizta o'yindan so'ng "Barselona" 24 ochko to'plab, turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi. "Xetafe" 8 ochko jamg'arib, 14-pog'onada joylashgan.