Bu haqda "ko'k-aniqranglilar" matbuot xizmati X (sobiq Twitter) tarmog'idagi rasmiy sahifasida ma'lum qildi. Shanba, 17 oktyabr kuni jamoa La Liganing 9-turi doirasida "Betis"ga qarshi safar o'yinini o'tkazib, 5:2 hisobida g'alaba qozongan edi.
Dushanba, 19 oktyabr kuni jamoa Parijga yo'l olishi kerak. U yerda seshanba, 20 oktyabr kuni Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 3-turi doirasida PSJga qarshi bahs bo'lib o'tadi.
Ispaniya chempionatining to'qqizta o'yinidan so'ng "Barselona" maksimal 27 ochko jamg'arib, turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi. Kataloniyaliklar eng yaqin taqibchisi bo'lmish "Atletiko"ni besh ochkoga ortda qoldirmoqda.
Fikrlar 0