Bu haqda UEFA rasmiy saytida ma'lum qilindi. Uchrashuv 20 oktyabr kuniga rejalashtirilgan.

Unga qanotlarda hamyurtlari Styuart Byort va Djeyms Meynvaring yordam berishadi. To'rtinchi hakam vazifasi Robert Djonsga topshirildi. VAR tizimi uchun italiyalik Marko Di Bello mas'ul bo'ladi, unga yana bir italiyalik hakam Daniele Kiffi assistentlik qiladi.

Jamoalar o'rtasidagi oxirgi beshta uchrashuvda "PSJ" uchta g'alabani qo'lga kiritgan, "Barselona" hisobida bitta zafar bor. Yana bir o'yinda jamoalar durang qayd etishgan.

Fransiya chempionatining 7-turida "PSJ" "Strasburg" ustidan irodali g'alabani qo'lga kiritgan edi (3:1). "Barselona" esa Ispaniya chempionatining 9-turida "Betis"ni yirik hisobda mag'lub etdi (5:2).