- Himoyachilarga qanday ko'rsatmalar berasiz?

- Lamin Yamalga qarshi to'p surishning eng yaxshi usuli - bu to'pga egalik qilishdir. Bu bizning ideal ssenariyimiz, ammo butun o'yin davomida buni ushlab turish imkonsiz ekanini tushunamiz, chunki “Barselona”ga qarshi o'ynash juda qiyin. Shunga qaramay, biz diqqat-e'tiborni va hushyorlikni saqlab qolamiz. Buni jamoa sifatida engib o'tishimiz kerak.

- Yamal va Messi o'rtasidagi taqqoslashlar haqida qanday fikrdasiz?

- Lamin o'z o'yinining barcha aspektlarini takomillashtirib bormoqda. Ammo uni barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi bo'lmish Lionel Messi bilan solishtirish hech qanday mantiqqa ega emas va bu hech kimga foyda keltirmaydi.

Yamal juda oqilona harakat qiladi va o'z o'yinining eng yaxshi talqiniga aylanishni xohlaydi, biroq uni Messi bilan solishtirmagan maqul, - dedi Luis Enrike RMC Sport nashriga bergan intervyusida.