"Klasiko qabul qilingan qarorlarga ta’sir ko'rsatdi. Agar yakshanba kuni raqibimiz Real bo'lmaganida, Rodri asosiy tarkibda maydonga tushgan bo'lardi. Bu bahona emas, ammo biz tetiklik yetishmagani sababli xatolarga yo'l qo'yganimizni tushunishimiz kerak. Jamoaning so'nggi haftalarda ko'rsatgan kuch-g'ayrati aql bovar qilmas darajada edi. Biz ushbu o'yinga etarlicha tayyorgarlik ko'ra olmadik. Vaziyat ideal emas edi va biz tiklana olmadik. Sodir bo'lgan voqeani tahlil qilishimiz va kelajakda muayyan jihatlarni yaxshilashimiz kerak. Bugun biz, ochiq-odin ko'rinib turibdiki, juda ko'p yaxshi ishlarni amalga oshirdik", - deydi Flikning so'zlarini Footmercato nashri.
Ispaniya chempionati 10-turidan o'rin olgan "Barselona" va "Real" o'rtasidagi o'yin 26 oktyabr kuni bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
Fikrlar 0