Bu haqda Opta statistik portali X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida xabar bermoqda.

Joriy mavsumdagi yubiley 10-golini Yamal Chempionlar ligasi 2026/2027 yilgi mavsumi umumiy bosqichi 3-turidan o'rin olgan PSJga qarshi o'yinda (2:4) kiritdi. Bosh evrokubokning joriy mavsumida 19 yoshli ispaniyalik futbolchi hisobida allaqachon ikkita gol va to'rtta golli uzatma bor. Navbatdagi o'yinda "Barselona" o'z maydonida 25 oktyabr kuni Ispaniya chempionati 10-turi doirasida "Real"ga qarshi maydonga tushadi.