Argentinalik yulduz sovrin sifatida ispaniyalik rassom va haykaltarosh Joan Miro asari bo'lgan haykalcha, diplom, nishon hamda 50 ming evro miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi.

"Bizga hamma narsani yutish va buni o'ziga xos, takrorlanmas uslubda amalga oshirish baxti nasib etdi. O'yindan, g'alabalardan va ulkan maqsadlarga erishishdan chin dildan zavqlanardik, biroq bizga eng ko'p huzur bag'ishlagan narsa - kundalik jarayon, mashg'ulotlar bo'lgan. Biz u yerda vaqtimizni shunchaki ajoyib o'tkazardik.
U yerda 3 nafar farzandim dunyoga keldi. Shu sababli shahar va klubga nisbatan qalbimda juda, juda alohida tuyg'ular bor", – deya Messining so'zlarini keltirdi “Diario Sport”.
Messi 2004 yildan 2021 yilgacha "Barselona" sharafini himoya qilgan. Kataloniya jamoasi safida u 35 ta sovrin, jumladan, to'rt marta Chempionlar Ligasi va o'n bor La Liga bosh sovrinini qo'lga kiritgan.
Fikrlar 0