Jamoalar 25 oktyabr kuni La Liganing "Kamp Nou" stadionida o'zaro bahs olib borishadi.

20 oktyabr kuni "Barselona" Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida PSJga 2:4 hisobida mag'lub bo'lgan edi. Kurtua parijliklar ushbu o'yinda kataloniyaliklarning engilmas jamoa emasligini ko'rsatganini ta'kidladi.

"PSJ "Barselona" engilmas jamoa emasligini ko'rsatdi. Bo'lajak "El-Klasiko"dan nimalar kutyapsiz?" degan savolga darvozabon quyidagicha javob berdi:

"Biz PSJ boshqa jamoalar uchun o'ziga xos namuna ekanini bilamiz. Ular so'nggi ikki yildagi eng kuchli jamoa va "Barselona"ga qarshi ajoyib o'yin o'tkazishdi. Joan Garsiya ham ko'plab ajoyib seyvlarni amalga oshirdi.

Bizni oson bo'lmagan o'yin kutmoqda. Albatta, g'alaba qozonishga qodir ekanimizni tushunamiz. Ammo "El-Klasiko" har doim o'ziga xos uchrashuv bo'lib, Chempionlar ligasidagi o'yinlardan tubdan farq qiladi.

Biz maydonga chiqib, g'alaba qozonishga va "Barselona" bilan oramizdagi ochkolar farqini qisqartirishga harakat qilishimiz kerak", - dedi Kurtua.

Ispaniya chempionati jadvalida "Real Madrid" 21 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda. 27 ochko jamg'argan "Barselona" esa peshqadamlik qilmoqda.