Kataloniya klubi ushbu futbolchilarni kelasi yozda sotib olishi mumkin. Bu haqda indykaila News X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida xabar bermoqda.

Xoland "shaharliklar" safida 2022 yilning yozidan beri to'p surmoqda. Joriy mavsumda norvegiyalik futbolchi barcha turnirlarda 11 ta o'yinda ishtirok etib, 13 ta golga mualliflik qildi. O'yinchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2034 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Doku esa "Manchester Siti"da 2023 yilning yozidan buyon o'ynab kelmoqda. Joriy mavsumda vinger oltita uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol va bitta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Belgiyalik futbolchining shartnomasi 2031 yilning yozigacha tuzilgan.