Manbaga ko'ra, Turin klubi 26 yoshli futbolchini 30 mln evroga baholamoqda. Shu bilan birga, "Yuventus" Baldega qiziqish bildirmoqda, o'z navbatida "ko'k-anorranglilar" uni 40-50 mln evro atrofida baholamoqda. Takidlanishicha, ispaniyalik futbolchi qishda sotib olish huquqi bilan ijara asosida "Roma"ga o'tishi mumkin.
Joriy mavsumda Kambyazo barcha turnirlarda oltita o'yinda ishtirok etib, bitta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. O'yinchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 15 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar 0