Bu haqda Opta Sport statistik portali X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga ko'ra, braziliyalik futbolchining ushbu ko'rsatkichi - XXI asrdagi ikkinchi natijadir. Mavsumning ushbu oralig'ida xuddi shuncha golni 2012/2013 yilgi mavsumda uning sobiq jamoadoshi, argentinalik Lionel Messi ham kiritgan edi. XXI asrda La Liga mavsumining dastlabki to'qqizta o'yinida eng ko'p gol urgan futbolchi "Real" sobiq forvardi Krishtianu Ronaldu hisoblanadi - mamlakat chempionatining 2014/2015 yilgi mavsumida 17 ta gol.

"Barselona" hujumchisi Rafinya mavsumdagi o'zining 13-golini La Liga 10-turidan o'rin olgan "Real"ga qarshi o'yinda (1:2) kiritildi.