Mazkur uchrashuvda Joze Mourinyu shogirdlari 2:1 hisobida g'alaba qozonishgan edi.

"Agar raqib maydonda sendan kuchliroq bo'lsa, buni shunchaki to'g'ri tan olish kerak. Bu oqshom jamoamizga raqib jarima maydonchasi ichida ochiqchasiga keskinlik yetishmadi.

Hozir endigina oktyabr oyi, bu esa yaxshi holat - oldinda hali uzoq turnir masofasi turibdi. Biz mavsumning qolgan qismiga vazminlik bilan yondashib, tinimsiz mehnat qilishda davom etishimiz hamda yo'l qo'yilgan xatolarni tuzatishimiz shart", - deya Rodrining so'zlarini keltiradi Diario Sport nashri.