Eslatib o'tamiz, Ispaniya Segundasining 12-turi doirasidagi "Tenerife" va "Andorra" (2:2) o'rtasidagi bahsning so'nggi daqiqalarida Xesus de Migel mehmonlar darvozaboni bilan to'qnashuvdan so'ng maydonda hushini yo'qotgan edi. Futbolchi tez yordam mashinasida kasalxonaga olib ketilgan va yo'l-yo'lakay reanimaciya qilingan. Xabarlarga ko'ra, hujumchining yuragi va nafas olishi qariyb 20 daqiqaga to'xtab qolgan. Bugun tongda 30 yoshli o'yinchi olamdan o'tdi.
"Futbol haqida gapirgim kelmayapti. Xesusning oilasiga sabr va kuch-quvvat tilayman, oxirati obod bo'lsin. Bu holat har kim bilan sodir bo'lishi mumkin. Juda og'ir, bu xabarni ko'rganimizdan so'ng o'ynash qiyin kechdi... Bunday vaziyat siz bilan ham yuz berishi mumkin. Bugun futbol haqida gaplashadigan kun emas. Men o'z so'zlarimni Xesus va uning oilasiga bag'ishlayman", - dedi Rafinya CHL doirasida "Aston Villa"ga qarshi kechgan o'yindan (3:0) so'ng Movistar telekanaliga bergan intervyusida.
Fikrlar 0