"Bizda bunday o'yinlarda g'alaba qozonish uchun zarur bo'lgan barcha narsa bor. Men bu jamoaga qattiq ishonaman; bu yerda g'alaba qozonish oson emas. Ushbu uch ochko - fantastika, ammo yo'l uzun va biz sovrinlar haqida o'ylab, har kuni ishlayapmiz. Dastlabki reja Frenki de Yongni qanot himoyachisi poziciyasiga qo'yish va Bernal charchaganda uni almashtirishdan iborat edi. Bu juda yaxshi ishladi. Hisob 1:1 bo'lib turgandagi pressingimiz juda muhim edi. Ungacha biz raqibdan juda orqada qolayotgan edik. Ikkinchi bo'limda bu holat yaxshilandi", - deydi Flikning so'zlarini "Barselona"ning rasmiy sayti keltiradi.
O'tkazilgan 12 ta tur yakunlariga ko'ra, "Atletiko" hisobida 28 ochko bor va u La Liga jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi. 33 ochko jamg'argan "Barselona" esa chempionat peshqadamiga aylandi. Ikkinchi o'rinda 30 ochko to'plagan "Real" bormoqda.
Fikrlar 0