Sport.es nashri xabariga ko'ra, 23 yoshli xavbekka "Chelsi" va "Manchester Yunayted" eng jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Manbaning ma'lum qilishicha, londonliklar yozdayoq Fermin uchun 70 mln evro taklif qilishgan, biroq "Barselona" bu summani etarli emas deb hisoblab, hatto javob ham bermagan. Endilikda esa klubga 100 mln evro miqdoridagi takliflar kelib tushdi. Futbolchining o'zi esa ushbu qiziqishlarga befarq qaramoqda va jamoada qolish niyatida.
Ferminning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilgacha mo'ljallangan bo'lib, unga 500 mln evrolik tovon puli bandi kiritilgan. Ma'lum bo'lishicha, Kataloniya klubi ushbu kelishuvni allaqachon eskirgan deb hisoblamoqda va shartlarni qayta ko'rib chiqish maqsadida o'yinchining vakillari bilan uchrashishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar 0