"Angliya Premer-ligasi La Ligaga qaraganda dinamikroq va jismoniy jihatdan og'irroq. Bu yerda raqib turnir jadvalining qaysi o'rnida borishidan qati nazar, o'yinlar qiyin kechadi. Siz 90 daqiqa davomida tinimsiz yugurasiz, biroq shaxsan menga bu faqat yordam bermoqda. Ushbu tajribadan juda mamnunman", - deya Arauxoning so'zlaridan iqtibos keltiradi The Athletic.

Eslatib o'tamiz, 27 yoshli Arauxo 2026 yilning avgust oyida "Barselona"dan mavsum oxirigacha sotib olish huquqi bilan ijara asosida "Liverpul"ga o'tgan edi. APLning joriy mavsumida urugvaylik futbolchi 10 ta uchrashuvda maydonga tushdi.