"Menimcha, ular bir-biriga juda katta yordam berishdi. Agar Messida Krishtianu bo'lmaganida yoki Krishtianuda Messi bo'lmaganida, ularning faoliyati, ehtimol, qisqaroq kechgan bo'lardi. Ammo ular orqani ko'rish oynasidan bir-birini kuzatib, narigisi nima qilayotganiga qarab turishgan va shu tufayli: 'Men undan yaxshiroq bo'lishni xohlayman, undan ko'proq g'alaba qozonishni istayman', deb o'ylashgan.
[Ronaldu] raqobatga chanqoqlik borasida haqiqiy yirtqich. Uni g'alaba qozonish va o'zini ko'rsatish istagidan boshqa hech narsa qiziqtirmaydi. U - to'purar. Chap oyoqda, o'ng oyoqda, bosh bilan gol uradi, u shunchaki ajoyib", - dedi Gvardiola Romarioga bergan intervyusida.
Fikrlar 0