"Kecha dunyoning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi bor kuchimizni yoki undan ham ko'prog'ini berishimiz kerakligini aytgandim, ammo hatto bu ham etarli bo'lmasligi mumkin. Men futbolchilarimga faqat minnatdorlik bildira olaman. Ular bilan chin dildan faxrlanaman.

O'yin rejamiz yomon ishlamadi - ayniqsa birinchi bo'limda, biroq ikkinchi taymda 10 daqiqa ichida uchta gol o'tkazib yubordik va bu vaziyatni jiddiy ravishda murakkablashtirdi. Shunga qaramay, biz taslim bo'lmadik. "Barselona"ni tabriklayman. Biz bundan saboq chiqarishimiz va oldinga intilishimiz kerak", - deya Dambrauskasning so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.