«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamal Madridning «Atletiko» klubi forvardi Xulian Alvaresning baribir uning jamoadoshiga aylanishiga umid bildirdi. Yamalning so‘zlariga ko‘ra, argentinalik futbolchi kataloniyaliklar uslubiga juda mos tushadi.
«Xulianning «Barselona»ga o‘tishiga juda umid qilaman. Uni quchoq ochib kutaman», — deya futbolchining so‘zlarini keltiradi insayder Fabrisio Romano.
Alvaresning «Atletiko» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan. Uning bozor qiymati 100 million yevroni tashkil etadi.
Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, 26 yoshli futbolchining «Barselona»ga o‘tish ehtimoli 60% ni tashkil qilmoqda.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0