«Barselona» prezidenti Joan Laporta Rafinyaning jarohatlar bilan bog‘liq muammolari haqida fikr bildirdi.
So‘nggi vaqtlarda braziliyalik futbolchi tez-tez safdan chiqmoqda, shu sababli u optimal sport formasiga kira olmayapti.
«Afsuski, o‘tgan mavsum oxirida La Liga, Chempionlar ligasi va Ispaniya Kubogidagi muhim pallada Rafinya o‘z imkoniyatlarining cho‘qqisini ko‘rsata olmadi. Agar u bu muammolardan qochib qutulganida, natijalarimiz butunlay boshqacha bo‘lardi, deb hisoblayman», — deya Laportaning so‘zlarini keltiradi ispaniyalik OAV.
Eslatib o‘tamiz, «ko‘k-anorranglilar» La Ligada chempionlikni qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, Chempionlar ligasi va Ispaniya Kubogida mos ravishda chorak va yarim finalgacha yetib borishdi. Har ikki turnirda ham jamoa «Atletiko» tomonidan musobaqadan chiqarib yuborilgan edi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0