Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Pau Kubarsi mamlakat sobiq bosh vazirining Fransiya terma jamoasi haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi.
Avvalroq Ispaniya sobiq bosh vaziri Mariano Raxoy jahon chempionati-2026 yarim finalida Fransiya terma jamoasiga qarshi bo‘ladigan uchrashuv haqida gapirar ekan, shunday degandi: «Ularning tarkibi ajoyib – faqat, haqiqiy fransiyaliklarsiz. Mening ichim sezib turibdiki, biz g‘olib bo‘lamiz».
«Agar ular Fransiya terma jamoasida o‘ynayotgan bo‘lsa, demak, ular fransiyaliklardir.
Ularning teri rangi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, barchaga nisbatan bag‘rikeng bo‘lishimiz kerak. Biz hammamiz insonmiz va hurmatga loyiqmiz», – dedi «Barselona» futbolchisi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0