"Barselona" ekvadorlik himoyachi Xosue Kaysedoning transferini e’lon qildi. 18 yoshli futbolchi 2026-27 yilgi mavsum oxiriga qadar ijara asosida kataloniyaliklarning zaxira tarkibida to‘p suradi.
Futbolchiga bo‘lgan huquq "LDU Kito" klubiga tegishli. Klublar o‘rtasidagi kelishuv ijara muddati tugagach, futbolchini sotib olish huquqini ham o‘z ichiga oladi. Kaysedo chap qanot himoyachisi pozisiyasida o‘ynaydi va Ekvadorning eng istiqbolli yosh futbolchilaridan biri hisoblanadi. U yuqori tezligi bilan ajralib turadi va nafaqat himoyada, balki boshqa pozisiyalarda ham harakat qila oladi.
O‘tgan mavsumda himoyachi "LDU Kito" asosiy jamoasida debyut qildi. Uning hisobida 8 ta rasmiy o‘yin – 7 tasi Ekvador chempionatida va 1 tasi Libertadores kubogida bor. Transfermarkt versiyasiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 300 ming yevroni tashkil etadi.

Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0