Ispaniya terma jamoasi va «Barselona» hujumchisi Lamin Yamalning otasi Munir Nasraviy ispaniyalik jurnalist Xordi Martin bilan yuzaga kelgan mojaro sabab e’tibor markaziga tushdi.
Ataque Futbolero ma’lumotiga ko‘ra, paparassi Nasraviydan o‘g‘li haqida savol so‘rashga uringan, ammo u tasvirga olinayotganidan norozi bo‘lib, keskin munosabat bildirgan.
«Meni tasvirga olmang. Iltimos, meni tasvirga olmang. Hurmat ko‘rsating. Meni tabriklashingiz shart emas. Meni eshityapsizmi? Telefoningizni otib yuborishimni xohlayapsizmi yoki nima?» — dedi futbolchining otasi.
Eslatib o‘tamiz, 13 iyul kuni Lamin Yamal 19 yoshini nishonladi.
Ispaniya terma jamoasi 15 iyulga o‘tar kechasi JCH–2026 yarim finalida Fransiyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv g‘olibi jahon chempionati finali yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0