20 yoshli futbolchiga "Barselona" qiziqish bildirmoqda. Bu haqda ESPN nashri The Sun'ga tayanib xabar bermoqda.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar"dan tashqari Xevenga "Fulxem" ham qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda Xeven barcha turnirlarda sakkizta uchrashuvda maydonga tushdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, o'yinchining bozor qiymati 30 million evroni tashkil etadi.