Ispaniya terma jamoasi sardori Rodri hakamlarning jamoa vingeri Lamin Yamalga nisbatan munosabatini tanqid qildi.

«So‘nggi uchta o‘yindan beri shu holat takrorlanmoqda. Yamalga nisbatan kamida 10–15 ta qoidabuzarlik bo‘lmoqda, ammo hakamlar ularni qayd etmayapti. Agar bu holatlarga e’tibor berilmasa, himoyachilar xuddi shunday o‘ynashda davom etadi. Hakamlarning bunday yon bosishi, ayniqsa, bugungi o‘yinda yaqqol ko‘rindi. Shunga qaramay, Lamin yana bir bor ajoyib o‘yin namoyish etdi», — dedi Rodri AS nashriga.

JCH–2026 finalida Ispaniya terma jamoasi Argentina — Angliya juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.

2026 yilgi jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada 11 iyundan 19 iyulga qadar o‘tkazilmoqda. Final bahsi AQSHning Ist-Raterford shahrida bo‘lib o‘tadi. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi.

Manba: Stadion.uz