«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal Fransiya terma jamoasining hujumkor uchligidan qaysi o‘yin sifatlarini o‘zlashtirishni istashi haqidagi savolga javob berdi.

«Menga ularning uchchalasi ham juda yoqadi. Men Dembele bilan birga o‘ynaganman va undan ikkala oyoqda ham to‘p bilan ishlash mahoratini olgan bo‘lardim. Mbappedan esa tezlik va gol sezish qobiliyatini olgan bo‘lardim. Menimcha, bu juda muhim. Olisedan esa ijodkorlikni olgan bo‘lardim. Uning uslubi menikiga eng o‘xshash bo‘lgan futbolchi», — deya Yamalning so‘zlarini keltiradi Madrid Xtra.

JCH-2026 yarim finalida Ispaniya terma jamoasi Fransiyani 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Yamal ushbu o‘yinda gol yoki assist qayd etmagan bo‘lsa-da, Oyarsabal tomonidan golga aylantirilgan penaltini ishlab berdi.

Manba: Stadion.uz