«Barselona» yarim himoyachi Mark Bernalni Markus Reshfordga almashish imkoniyatini rad etdi.

«Manchester Yunayted» rahbariyati ingliz vingeri bo‘yicha muzokaralarda yon berishga tayyor edi, biroq bitimga «ko‘k-anorranglilar»ning istiqbolli yarim himoyachisini qo‘shishni talab qildi. Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, «Barselona» bu variantni darhol rad etgan, 19 yoshli ispaniyalik futbolchining o‘zi ham bunga qiziqish bildirmagan.

Markus Reshfordning Transfermarkt saytidagi taxminiy qiymati 40 million yevroni, Mark Bernalning narxi esa 30 million yevroni tashkil etadi. Eslatib o‘tamiz, «qizil iblislar» tarbiyalanuvchisi o‘tgan mavsumni kataloniyaliklar safida ijara asosida o‘tkazgan edi.

Manba: Stadion.uz