Ispaniyaning "Barselona" klubi bitta mamlakat milliy terma jamoasi safida 8 nafar futbolchisi ikki xil Jahon chempionati finaliga yetib kelgan tarixdagi birinchi klub bo‘ldi.

Mazkur ko‘rsatkich JCH-2026 finaliga yo‘llanma olgan Ispaniya terma jamoasi tarkibidagi "Barselona" a’zolari evaziga qayd etildi. Avvalroq, JCH-2010 musobaqasida ham kataloniyaliklarning 8 nafar ispaniyalik o‘yinchisi final bosqichiga qadar yetib borgan edi.

Har ikki chempionat finaliga yo‘llanma olgan "Barselona" futbolchilari ro‘yxati:

  • JCH-2010 (Janubiy Afrika): Karles Puyol, Jerar Pike, Serxio Buskets, Andres Inyesta, Xavi, Viktor Valdes, Pedro va David Vilya.

  • JCH-2026 (AQSH, Kanada, Meksika): Lamin Yamal, Gavi, Pedri, Pau Kubarsi, Ferran Torres, Dani Olmo, Erik Garsiya va Joan Garsiya.

Manba: Stadion.uz