Uchrashuvning 86-daqiqasida madridliklar yarim himoyachisi Jud Bellingem Nikolas Valentini bilan kurashda raqib jarima maydonchasida yiqildi. Bosh hakam Sesar Soto Grado 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi, biroq videoassistentlar tavsiyasiga ko'ra, vaziyat takrorini monitor orqali tomosha qildi va o'z qarorini bekor qildi.
Hakam simulyaciya uchun Bellingemga sariq kartochka ko'rsatdi. Bu angliyalik futbolchi uchun mazkur uchrashuvdagi ikkinchi ogohlantirish bo'ldi.
"Bugun ekspertlar hech qanday kontakt bo'lmagani uchun VAR dastlabki qarorni o'zgartirib, to'g'ri yo'l tutganini takidlashadi. "Negreyra ligasi"da qoidalar doim o'zgarib turadi. Gap "Real" hakam tufayli mag'lub bo'lganida emas, ammo bu epizod ham o'tgan uchrashuv tahlilining bir qismi hisoblanadi.
Kontakt minimal darajada edi, ammo u bor edi. VAR assistenti Figeroa Vaskes – avvalroq Mourinyuni ham maydondan chetlatgan o'sha hakam – zudlik bilan bosh hakamni monitor oldiga chaqirdi va qarorni o'zgartirdi. Bizga vaziyat takrorini faqat bir marta ko'rsatishdi, xolos.
Bu penalti "Levante"ga qarshi bahsda Yamalga nisbatan ishlatilgan qoidabuzarlik uchun belgilangan penaltidan ancha yaqqolroq edi. Shamol "Barselona" foydasiga esmoqda", – dedi "Real" TV boshlovchisi.
Fikrlar 0